Gvardiola kelasi mavsumda harakat qilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy markaziy himoya juftligi haqida gapirdi (Matbuot anjumani

  • 21 aprel, 17:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertaga "Manchester Siti" APL doirasida "Aston Villa" klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv oldidan "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi: 

Yangi himoyachilar haqida 

- "Menimcha, "Siti"ga yangi markaziy himoyachilar kerak emas. Sababi, bizda etarlicha himoyachilar bor. Biz qishda bu pozitsiyaga ikki nafar yosh futbolchi sotib oldik. Biroq ko‘ramiz...

O'Rayli haqida 

- U hech qachon o‘ynamagan pozitsiyasida harakat qilayotganiga qoyil qolaman. U o‘rganmoqda. Albatta, u yaxshilanishi kerak. Biroq u to‘p bilan juda yaxshi. Ishonchim komilki, u yarim himoyada harakat qilsa, har bir uzatmasi penalti zarbasidek xavfli bo‘ladi. 

- O'Rayli yaxshi zarbaga ega, kichik joylarda sifatli harakat qiladi va bizga katta yordam bermoqda. 


Gvardiol haqida 

- Menga Yoshko Gvardiolning o‘yini yoqadi. Ayniqsa, u chap oyoq bilan juda tez harakatlanadi. Menimcha, Ruben Diash va u inson sifatida ham juda yaxshi xususiyatlarga ega. Shuningdek, ular markaziy himoyada juda yaxshi hamkorlik qilishmoqda. Shuning uchun, bu hamkorlik kelasi mavsumda ham davom etishi mumkin. 

"Aston Villa" haqida 

- Ularning do‘stim Luis Enrike jamoasiga qarshi o‘yini ko‘rib, ochig‘i, hayratlandim. Ular pastli blokda o‘ynab, o‘zlarining qurollari bo‘lgan tezkor qarshi hujumlarga ajoyib tarzda o‘tmoqda. Birmingemliklar juda yaxshi shakllantirilgan jamoa. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!