
Yagona golni kiritgan Eldor Shomurodov nechi ballga loyiq ko‘rildi?
A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan bahsda Klaudio Raneri boshchiligidagi "Roma" "Verona" bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golni ham hamyurtimiz Eldor Shomurodov 4-daqiqada o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Milliy terma jamoamiz sardorining ushbu o‘yindagi harakatlarini ko‘plab mashhur saytlar baholashdi.
Fotmob vakilimizni 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, Sofascore portali Shomurodovga 6.8 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan Flashscore sayti esa hamyurtimizga 7.3 ball berdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Roma" navbatdagi uchrashuvini 26 aprel kuni Milanning "Inter" klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Fikrlar