Renato Payva ("Botafogo" murabbiyi) PSJni qay tarzda mag‘lub etgani haqida gapirdi

  • 20 iyun, 15:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Botafogo" bosh murabbiyi Renato Payva Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida PSJ ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi:

Tecno

"Biz PSJni ularning o‘z uslubida mag‘lub etdik. Ya’ni jamoa sifatida harakat qildik, bir butun bo‘lib o‘ynadik – hammamiz himoyalandik, hammamiz hujum qildik.

Aynan shu PSJning katta siridir — ular nima uchun doim yutuqqa erishishadi. Bu jamoa butun futbol olamiga dars bermoqda.

Men o‘z o‘yinchilarimga shunchaki jamoa bo‘lishlarini, futboldan zavq olishlarini, birga hujum va birga himoya qilishlarini aytdim.

Biz braziliyalik o‘yinchilar va murabbiylarning sifati qandayligini namoyon etdik. Bu g‘alaba — Braziliyada iqtidorli futbolchilar bilan ishlayotgan barcha murabbiylar uchun g‘alaba" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!