Fayzullaev Turkiyada qancha maosh oladi?

  • 26 iyul, 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan Turkiya chempionatining “Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tishi juda ko‘p muhokama qilinyapti va bu mavzuga doir xabarlar ko‘paymoqda.  

Tecno

Ommaviy axborot vositalarida turk insayderlariga tayangan holda Abbosbek Fayzullaevning shartnomasiga doir yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, istanbulliklar o‘zbek legioneri uchun “armiyachilar”ga 7,5 million evro badal puliga qo‘shib, 2,5 million evro miqdorida bonus ham to‘lashi kelishildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Fayzullaev yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Rasmiy shartnoma imzolanganidan keyin o‘zbek futbolchisi “Bashakshehir”dan yiliga bir million evro miqdorida maosh olishi aytilyapti. Bundan tashqari, Abbosbekka o‘yini, natijalar va ko‘rsatkichlar asosida bonuslar ham ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Manbalar Abbosbek Fayzullaev TsSKAda o‘ynagan davrda yiliga 100 ming evro atrofida maosh olgani va Rossiya Premer-ligasida eng kam ish haqi to‘lanadigan futbolchilardan biri bo‘lgani haqida yozdi.

Shu o‘rinda, ayrim taniqli sobiq futbolchilar o‘zbek legionerining transferiga munosabat bildirmoqda. Sports.uz portali ularning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Aleksandr Mostovoy, “Spartak Moskva”, “Benfika”, “Kan”, “Strasbur”, “Selta” sobiq futbolchisi:

Abbos uchun “Bashakshehir”ga o‘tayotgani juda yaxshi. U Evropa tajribasini olishi muhim. Aynan shu narsa bizning futbolchilarga etishmaydi. U TsSKAdagi faoliyatini yorqin boshladi, lekin keyinchalik nimalardir ro‘y berdi.

Fayzullaev mahoratli yigit. Rossiyada etmagan narsalarga, Turkiyada ega bo‘ladi. Men jismoniy kuch-quvvatni nazarda tutyapman. Evropada bunga juda katta e’tibor qaratishadi.

TsSKAga esa Fayzullaev etishmaydigan bo‘ldi. Chunki u juda aqlli futbolchi edi.

Vitaliy Denisov, TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi:

O‘tgan mavsum Abbosning o‘yinida pasayish kuzatilgan edi. Mavsum biz istagandek, samarador bo‘lmadi, lekin Fayzullaev milliy terma jamoada ham, klubda ham gollar urdi, assist qildi.

TsSKA ham, Abbos ham bu transferdan yutdi. Fayzullaev eng kuchli ligaga bo‘lmasa-da, juda yaxshi klubga o‘tdi va u erda Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynaydi. Men uning “top-5” ligaga ketishini kutgandim.

Abbos – O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng mehnatkash kuchlaridan biri, undan 2026 yilgi jahon chempionatiga katta muvaffaqiyatlar kutyapmiz.

 Kirill Nababkin, TsSKA sobiq futbolchisi:

Fayzullaevning o‘rnini to‘ldirish mumkin, lekin men buni katta yo‘qotish, deb hisoblayman. Abbos “armiyachilar” jamoasida ikkita yaxshi mavsumni o‘tkazdi. O‘tgan chempionatda o‘yinida biroz pasayish bo‘ldi, asosiy tarkibda kamroq maydonga tushdi. Lekin Fayzullaev yosh va salohiyati katta o‘yinchi, maydonda natija qila oladi. Uning ketgani TsSKA uchun katta yo‘qotish.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev ikki mavsum davomida TsSKAda jami 72 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta gol va 22 ta assist muallifi bo‘ldi. 21 yoshli futbolchimiz “armiyachilar” bilan birga Rossiya chempionati bronza medali, mamlakat kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Husanovga joy bormi? Gvardiola yangi tarkib shakllantiryapti

Fayzullaev bu futbolchilar orasida superyulduzga aylanadi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fayzullaev faoliyatida o‘zgarish

Fayzullaev Turkiyada uzoq qolmaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!