“Barsa” bir futbolchi uchun Manchesterdan “dahshatli” taklif oldi

  • 24 iyun, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishi bilan yakunlangan mavsum qahramonlaridan biri Rafinya bo‘ldi. O‘tgan yozda kataloniyaliklar braziliyalik hujumkor futbolchidan tezroq qutilishga harakat qilgandi.

Tecno

Buni qarangki, mavsumning murakkab pallalarida aynan Rafinya muhim gollari va assistlari bilan jamoaga katta foyda keltirdi. U jami 57 ta uchrashuvda maydonga tushib,  raqiblar darozasini 34 mata ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 25 ta golli pas berdi.

“Manchester Yunayted” sermahsul futbolchi uchun “Barselona”ga 150 million evro taklif qilgani haqida ma’lumot chiqarildi.  Fichajes nashrining yozishicha, bu kutilmagan taklif va katta  summa kataloniyaliklarning o‘zini ham dovdiratib qo‘ygan.

Hozircha, 28 yoshli Rafinyaning bu taklifga munosabati qanday ekani ma’lum qilingani yo‘q. Uni Saudiya Arabistonining qudratli klublari ham o‘ziga chorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!