Superklub yana “Real” yulduzini olib ketmoqchi

  • 24 iyun, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi g‘olibligi uchun kurashishni maqsad qilgan “Arsenal” tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan.

Tecno

Jamoa bosh murabbiy Mikel Arteta yana “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga nomzodiga qaytdi.

Ispaniyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchini jamoani tark etishi kutilayotgan Tomas Partiga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. Tomas Parti besh yil davomida “kanonirlar” sharafini himoya qildi va kelasi mavsum oldidan muhitni o‘zgartirishga qaror qildi.

Eduardo Kamavinganing o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Shu bois, yarim himoyachi o‘tgan mavsum davomida muxlisu mutaxassislar tanqidiga nishon bo‘ldi.

Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, londonliklarga Kamavingani olish oson bo‘lmaydi. “Real” bu o‘yinchisini faqatgina katta miqdordagi badal puli evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!