
Noyerga PSJga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining pley-offidan o‘rin olgan "Flamengo" va "Bavariya" bahsi bo‘lib o‘tdi (2:4). Uchrashuvdan so‘ng myunxenliklar posboni Manuel Noyer o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Flamengo" darvozamiz tomon ko‘proq zarba berdi va to‘pga ko‘proq egalik qildi. Buni esa Vensan Kompani davrida "Bavariya"ning bir nechta raqiblari uddalagan. Braziliya jamoasiga qarshi o‘ynash qiziqarli bo‘ldi. "Flamengo" ham bizga o‘xshab to‘pga egalik qilishni istadi. Bunday raqiblar bilan har doim ehtiyot bo‘lish kerak.O‘z uslubimizga sodiq qolishga va vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Bugun bizga hujumda "qotil instinkti" yordam berdi. "Benfika"ga qarshi o‘yinda esa bu narsa etishmadi. Pley-offda muvaffaqiyat qozonishni istasak bu narsalar muhim deb o‘ylayman.Oldinda PSJ bilan o‘yin bor - bizni nima kutayotganini juda yaxshi bilamiz" - deya aytib o‘tgan 39 yoshli darvozabon.
Eslatib o‘tamiz, nemis klubi 5 iyul kuni Luis Enrike boshchiligidagi PSJga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar