Timur Kapadze Jahon chempionatining navbatdagi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etadi
Xabaringiz bor, 17 iyul kuni soat 15:00 da Jahon chempionati saralashining Osiyo qit’asidagi 4-bosqich uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, OFK o‘zbek futbolini Olimpiyada va Jahon chempionatiga olib chiqqan mutaxassis Timur Kapadzeni maxsus mehmon sifatida guruhlarni aniqlab berish uchun taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 ta jamoa 3 tadan bo‘lib, 2 guruhga bo‘linadi va guruh g‘oliblari Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Qur’a tashlash marosimidan avval savatchalar bilan tanishing (FIFA reytingiga ko‘ra):
1-savatcha: Qatar, Saudiya Arabistoni
2-savatcha: Iroq, Birlashgan Arab Amirligi
3-savatcha: Ummon, Indoneziya
Ma’lumot o‘rnida, guruh bosqich o‘yinlari 8 oktyabrdan 14 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar