
Fayzullaev birorta o‘zbek futbolchisi erishmagan natijani qayd etdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev qo‘lga kiritgan sovrinlari sonini ko‘paytirishda davom etmoqda.
21 yoshli legionerimiz “armiyachilar” tarkibida Rossiya Premer-ligasining bronza medaliga ega chiqqan va mamlakat kubogiga sazovor bo‘lgan edi.
Yangi chempionat oldidan Rossiya futbolida yana bir nufuzli sovrin uchun rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda Premer-liga tarixida ilk chempionlik unvoniga ega chiqqan “Krasnodar” mamlakat kubogi sohibi TsSKA bilan Superkubok uchun bellashdi.
Neytral maydon – Qozon shahridagi stadionda o‘tgan uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. O‘yinning 49-daqiqasida “armiyachilar” himoyachisi Igor Diveev kiritgan gol poytaxtliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Abbosbek Fayzullaev 79-daqiqada hujumchi Tamerlan Musaevning o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jamoasining g‘alabasini ushlab qolishga o‘z hissasini qo‘shdi.
TsSKA o‘z tarixida sakkizinchi marotaba Rossiya Superkubogiga ega bo‘ldi. “Krasnodar” esa, birinchi bor Superkubokni qo‘lga kiritish imkonini boy berdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Abbosbek Fayzullaev klublar miqyosida bir yil ichida ikki sovrin – Rossiya kubogi va Superkubogi bilan yakunladi.
Shu tariqa, Abbosbek Fayzullaev ham kubok, ham Superkubok egasiga aylangan birinchi va hozircha yagona o‘zbek futbolchisi sifatida nomini tarixga yozdi.
Ayni paytda Abbosbek Fayzullaev Evropaga yo‘l olishi kutilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. Turkiyalik jurnalist Usmon Altunterim 21 yoshli o‘zbek futbolchisi Turkiya Superligasida ishtirok etayotgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga o‘tishga rozilik bildirganini ma’lum qildi.
- Fayzullaev “Bashakshehir”ga o‘tishga yaqin. Futbolchi Istanbulga ko‘chib o‘tishni istayapti. Bu orada turk klub va TsSKA o‘rtasida transfer summasiga oid qarashlarda katta farq yo‘q.
Avvalroq, “Bashakshehir”ga Abbosning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi sherigi Eldor Shomurodov ham qo‘shilgan edi, - deb yozdi Usmon Altunterim.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionatida yuqori o‘rinlar va Evropa kuboklar yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan “Istanbul Bashakshehir” klubi yozgi transferlar davrila tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Bu jamoa “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni keyinchalik to‘liq transfer qilish majburiyati bilan bir mavsumga ijaraga oldi.
O‘zbek legioneri transferdan norozi fanatlarga zo‘rligini isbotlashi kerak!
Premer-liga murabbiyi futbolni o‘zbeklardan o‘rganmoqchi!
Mashhur futbolchi Husanovga yordam beradigan bo‘ldi
Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
Fikrlar
цска да келажаги йук, кечаги уйинда акинфеев туфайли ютишди.
аббосни роли камайиб кетаяпди