Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

  • 3 iyul, 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yili AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqishiga katta hissa qo‘shgan Abbosbek Fayzullaev qisqa ta’tildan keyin TsSKA safiga qo‘shilib, yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

Moskva klubida bosh murabbiy almashgani bois, “armiyachilar”ning barcha o‘yinchilari qatorida 21 yoshli legionerimiz ham yangi ustozi Fabio Chelestiniga o‘z imkoniyatlari va salohiyatini qayta namoyish qilishiga to‘g‘ri keladi.

TsSKA klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini jarayonidan videolavhalarni e’lon qildi. Unda Abbosbek Fayzullaev dastlabki tayyorgarlik mashg‘uloti qanday o‘tayotgani va jamoadagi ichki muhit haqida gapirdi.

- Muhit har doimgidek yaxshi. Yigitlarning yuzida tabassum va ular bir biri bilan hazil-huzul qilishyapti. Biz hozir braziliyaliklar bilan hazillashdik. Biz ham, ular ham navbatdagi jahon chempionatiga chiqdik. Bir birimizga qarshi o‘ynash haqida gaplashdik. Men ularga “O‘zbekiston yutadi”, dedim. Ular esa, “Yo‘q. Braziliya 5:0 hisobida yutadi”,  deyishyapti, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Ta’kidlash joizki, TsSKA safida o‘nta xorijiy mamlakatdan jami 14 nafar legioner ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan eng ko‘pi, ya’ni to‘rt nafari braziliyalik o‘yinchilardir.

Ular orasida eng tajribali ikki himoyachidan biri – 30 yoshli Moyzes 2023 yildan beri “armiyachilar” sharafini himoya qilib kelmoqda. U faoliyati davomida “Korintians”, “Baiya”, “Botafogo” hamda  “Internasonal” singari Braziliyaning eng mashhur klublarida to‘p tepgan.

Yana bir 30 yoshli himoyachi Villian Rosha esa, Moskvaga 2022 yili kelgan. Bu futbolchi Rossiya Premer-ligasiga qo‘shilishdan avval Braziliya va Portugaliya chempionatlarida tajriba to‘plagan.

TsSKAga Abbos Fayzullaev bilan bir paytda kelgan 24 yoshli Kellven “Atletiko Paranaense” klubidan olib kelingan edi. Bu futbolchi Braziliya U-23 terma jamoasida ettita uchrashuvda ishtirok etgan.

2025 yilning fevral oyida TsSKA transfer qilgan Alerrandro  Rossiya Premer ligasida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. “Armiyachilar” safida yarim mavsum davomida etti marotaba maydonga tushgan 25 yoshli markaziy hujumchi hali birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

Ko‘rinib turibdiki, TsSKAdagi braziliyaliklarning hech biri o‘z mamlakatlari bosh jamoasi a’zosi hisoblanmaydi.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan TsSKAga 2023 yilning avgustida ko‘chib o‘tgan edi. Shundan beri “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 71 ta uchrashuvda qatnashgan legionerimiz o‘z hisobiga sakkizta gol va 22 ta assist rasmiylashtirgan.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz ikki yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisobalanadi. U hozirgacha xalqaro miqyosda 27 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan.

 

Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!

“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi

Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!

Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?

Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

Shomurodov kuchayib ketdi...

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!