Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!

  • 2 iyul, 18:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-off bosqichida “Manchester Siti” kutilmaganda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmoqda.

Tecno

Xususan, “Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manba – manchestercity.news sayti ekspertlari “shaharliklar”ning mag‘lubiyatini asosan himoyadagi xatolarga bog‘ladi va Xosep Gvardiolaga Abduqodir Husanovning xizmatidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanini asoslab berdi.

Sports.uz portali ushbu materialni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.

- “Manchester Siti” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Yuventus”ni 5:2 hisobida mag‘lub etganidan keyin muxlisu mutaxassislar “shaharliklar”ning 1/8 finalda “Al-Hilol” to‘sig‘idan osonlikcha o‘tishini kutgandi.

Erling Xoland raqib darvozaboni Yassin Bununing qahramonliklarini alohida e’tirof etdi. Haqiqatan, marokashlik posbon yuqori saviyada o‘ynadi. Lekin har qanday boshqa kuni shu o‘yin takrorlansa, “Siti” ishonchli tarzda g‘alaba qozongan bo‘lardi.

Xosep Gvardiola uchun jamoasining himoya chizig‘idagi kamchiliklar haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylangan. “Al-Hilol” bosh murabbiyi Simone Indzagi ham  “Manchester Siti” o‘tgan mavsumdan beri qarshi hujumda o‘ynaydigan jamoalar bilan to‘qnashuvlarda yaxshi harakat qila olmasligini yana bir bor isbotlab berdi.

Bu kun Ruben Diash uchun juda og‘ir o‘tdi. U “Al-Hilol” himoyachisi Kalidu Kulibali muhim golni urgan vaziyatda raqibiga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Shundan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki, Abduqodir  Husanov Angliya klubining asosiy tarkibida ko‘proq imkoniyat va o‘yin vaqti berilishiga loyiq.

Husanov “Manchester Siti”dagi faoliyatini yorqin o‘yinlar bilan boshlaganiga qaramay, bu futbolchi Xosep Gvardiolaning boshlang‘ich tarkibiga mart oyidan beri faqat bir marotaba – “Al-Ayn” bilan bo‘lgan o‘yinda kiritildi va o‘sha uchrashuv 6:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.

“Lans”ning sobiq himoyachisi aynan Xosep Gvardiolaga etishmayotgan o‘yinchidir. Chunki u tezkor markaziy himoyachi, himoya chizig‘ining yuqori qismida ham o‘ynay oladi, jismoniy ko‘rsatkichlari qanotda ham, jarima maydonchasi ichida ham kurashish imkonini beradi, bundan tashqari to‘pni zo‘r nazorat qiladi.

Husanovning APLda “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazilgan va 1:0 hisobida manchesterliklar g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdagi yorqin o‘yini zamonaviy markaziy himoyachilar uchun haqiqiy namuna.

Ruben Diash, Jon Stounz va Manuel Akanji o‘ng markaziy himoyachi pozitsiyasida, aynan o‘zbek talantining joyida o‘ynaydi. Lekin Diashda tezlik etishmasligi, Akanjining jarima maydonchasi ichida kontsentratsiyaning yo‘qotib qo‘yishi, Jon Stounzning doimiy jarohatlari “shaharliklar”ning mana shu pozitsiyasini jamoaning eng nozik nuqtasiga aylantirib qo‘ydi.

Diashning tezligi pasligi tufayli Gvardiola ikki tarafda Rayan Ayt-Nuri va Mateus Nunes kabi qanot himoyachilaridan foydalanyapti va bunday o‘yin sxemasida Husanovdek tezkor markaziy himoyachi jamoa uchun o‘ta zarur.

Gvardiola himoya markazida Ruben Diash va Yoshko Gvardiolni o‘ynatishni yaxshi ko‘radi. Biroq portugaliyalik yulduz va Akanjidan farqli ravishda jamoaga kelganidan beri bu pozitsiyada deyarli benuqson o‘ynagan Abduqodir Husanovni ham o‘yin vaqti bilan mukofotlash payti keldi.

Tabiiyki, 21 yoshli o‘zbek himoyachisining jamoadoshlari kabi tajribasi katta emas. Lekin uning “Tottenxem”,  “Real” va “Liverpul”ga qarshi uchrashuvlardagi ajoyib harakatlari bu futbolchi eng yuqori darajada o‘ynashga loyiq va qodirligidan dalolat beradi, - deb yozdi manchestercity.news  sayti eksperti Srinivas Sadanand.

Endi “Manchester Siti” futbolchilari Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi uchun tayyorgarlik ko‘radi. Abduqodir Husanov jamoasi chempionatning birinchi turini 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.

“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi

 

Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!

Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?

Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

Shomurodov kuchayib ketdi...

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Депутат Уктамович
02/07/2025 22:17
Нима учун Абдукодирни тушурмаяпти Пеп, тушунмайман, Бошида хато килсаям основнойга тушурдию ,шу Узбекистонга келиб кетганидан кейин бирдан захирага михлаб куйди