
Rio Ferdinand "Arsenal" muxlislarini keskin tanqid qildi
Angliya futboli afsonasi, "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand londonlik “Arsenal” muxlislarining o‘z klubi transfer siyosatiga bo‘lgan reaktsiyasini tanqid ostiga oldi.
"Men bunga o‘xshash holatni avval hech qachon ko‘rmaganman va umid qilamanki, boshqa hech qachon ham ko‘rmayman. Tasavvur qiling, bu inson siz uchun juda yaqin — do‘stingiz, aka-ukangiz yoki o‘g‘lingiz. Endi tasavvur qiling, u shunday munosabat qurboni bo‘lsa, o‘zingizni qanday his qilgan bo‘lar edingiz?" – dedi Ferdinand"Arsenal News Channel"ga bergan izhorida.
"Kanonirlar" yaqin kunlarda "Chelsi" yarim hujumchisi Noni Maduekeni xarid qilishga yaqin turibdi. Biroq, ayrim "Arsenal" ishqibozlari 23 yoshli futbolchining kelishi haqidagi xabarlardan norozi bo‘lib, hattoki, bu transferga qarshi turishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Noni Maduekeni "to‘pchilar" 60 million evroga sotib olishi mumkin.
Fikrlar