Shomurodov qahramon bo‘lgan o‘yindan keyin “ishkal” chiqdi...

  • 4 noyabr, 19:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya chempionatning 10-turida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safar uchrashuvida “Antalyaspor” jamoasi bilan kuch sinashib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritgan edi.

Tecno

O‘sha bahs qahramoni Eldor Shomurodov bo‘ldi. 30 yoshli hujumchimiz 22-daqiqada hisobni ochishdan tashqari, 88-daqiqada dubl qayd etib, yakuniy hisobni ham o‘rnatdi – 4:0.

Biroq keyingi turda “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Kojaelispor” jamoasini yana Shomurodovning yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

“Antalyaspor” esa, bu gal”Eyupspor” maydonida kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Aynan mana shu bahsdan keyin antalyaliklar bosh murabbiyi Erol Bulutning bayonoti “Bashakshehir”da keskin norozilik uyg‘otdi.

Turkiyaning bir necha manbalari tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, Erol Bulut “Eyupspor”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyingi matbut anjumanida “jamoasidan kimdir ichki ma’lumotlarni “Bashakshehir”ga tarqatgani va ular Shuri Shaxinga etib borgani”ni iddao qilgan. O‘zaro uchrashuvdagi mag‘lubiyat sababini mana shu holatga bog‘lagan.

Bu vaziyat bo‘yicha “Bashakshehir” rasmiy munosabat va raddiya bildirishiga to‘g‘ri keldi.

- Turkiya Superligasining 11-turidan o‘rin olgan “Eyupspor” va “Antalyaspor” uchrashuvidan keyin “Antalyaspor” bosh murabbiy Erol Bulut “kimdir uning jamoasidan ma’lumot sizdirgani” haqida ta’kidladi. Shu munosabat bilan “Istanbul Bashakshehir” klubi quyidagi bayonotni berishni zarur, deb topdi.

Biz “Istanbul Bashakshehir” klubi sifatida har doim axloqiy qadriyatlarni qadrlashga, feyr-pley va turk futboli reputatsiyasini birinchi o‘ringa qo‘yishga harakat qilib kelamiz.

Bosh murabbiyimiz Nuri Shaxin va uning jamoasi, bor diqqat-e’tiborini faqat mehnat qilishga, klubimizni rivojlantirishga, maydonda kurashishga qaratgan. Bu jarayonda ular yuqorida aytilgan uchrashuv oldidan raqib haqida hech qanday ma’lumot va hujjatlarni olmagan.

Biz har bir tomon turk futboli obro‘siga putur etmasligini ta’minlash uchun bayonotlariga mas’uliyat bilan yondashishi zarur deb hisoblaymiz va jamoatchilikni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasdan, e’tiborlarini futbol go‘zalligidan bahra olishga qaratishga chaqirib qolamiz, - deyiladi “Bashakshehir” tarqatgan bayonotda.

O‘z navbatida, “Istanbul Bashakshehir” bosh murabbiyi Nuri Shaxin ham hamkasbining gaplariga javob qaytardi.

-  Men hayotim davomida hech qachon sport ruhiyatiga qarshi bo‘lgan jarayonlarda qatnashmaganman, hech qachon past ketmaganman. Undan ham muhimi shuki, mening jamoamdagi do‘stlarim tunu kun tinimsiz mehnat qilayotganiga qaramay, mana shunaqa siyosatga to‘qnash kelyapti, - dedi Nuri Shaxin.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yozgi transferlar oynasi paytida “Roma”dan “Istanbul Bashakshehir”ga keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olingan. Legionerimiz yangi jamoasining asosiy o‘yinchisi hisoblanadi. Turkiya chempionatida 11 ta uchrashuv ettita gol urgan va bitta assistni amalga oshirgan hamyurtimiz Superliga to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Shomurodov “taxti”da qoldi!
Shomurodov “uchdi”!

Kannavaro Shomurodov o‘yinini ko‘rgani borganiga Turkiyada qanday munosabat bo‘ldi?

Gvardiola Husanov maydonga qaytganidan keyin yana ikkita yangilik aytdi

Husanovga “Siti”ning afsonaviy sardori kuchli maslahat berdi!

Shomurodov Turkiyada to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Bugun Shomurodov yana gol urishi kerak, Fayzullaev esa...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!