
"Real"da pozitsiya muammosi: Vinisius va Mbappe birga to‘g‘ri kelmayaptimi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hali ham jamoa hujum chizig‘idagi yulduzlarini qanday samarali joylashtirish ustida bosh qotirmoqda.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJga yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahsda Vinisius Junior o‘zi odatlangan chap emas, balki o‘ng qanotda to‘p surdi. Mbappe esa chapda harakat qildi, ular orasida esa Gonsalo Garsiya joy oldi.
Jurnalist Migel Anxel Diasning xabar berishicha, Vinisius atrofidagilar bunday qarordan norozi. Sababi, braziliyalik futbolchi o‘ng qanotda o‘zini noqulay his qiladi va chapda harakat qilishni afzal biladi. Ammo aynan u joyda Mbappe o‘ynamoqda.
Bu ikki yulduzni bir vaqtda maydonda to‘g‘ri joylashtirishdagi muammolar ortidan Vinisiusning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar ommaviy axborot vositalarida tarqalishni boshladi.
Fikrlar