
Taniqli insayder: Abbosbek Fayzullaev hozircha Turkiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tgani yo‘q
O‘zbekiston terma jamoasi va TsSKA jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev hozircha Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani yo‘q.
Avvalroq, 21 yoshli futbolchi yangi klubiga o‘tishi arafasida muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo insayder Ivan Karpovning ma’lumotlariga ko‘ra, Fayzullaev Istanbulga etib kelgan bo‘lsa-da, mahalliy aeroportdagi pasport nazorat sababli hamon aeroportda.
Rejaga ko‘ra, Abbosbek 23 iyul, chorshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Transfer haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, TsSKA terma jamoamiz a’zosi uchun 7,5 million evro miqdorida mablag‘ qabul qiladi.
Fikrlar