Xadjar faoliyatidagi birinchi shohsupa haqida fikr bildirdi

  • 31 avgust, 22:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

"Reysing Bullz" poygachisi Isak Xadjar Niderlandiya Gran-prisida marraga uchinchi bo‘lib etib keldi va eng yosh frantsiyalik podium sohibiga aylandi.

Tecno

Poygadan so‘ng 20 yoshli haydovchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Aqlbovar qilmas hissiyotlar! Men uchun eng hayratlanarlisi, biz butun poyga davomida to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldik. Lando uchun afsusdaman, lekin biz uning hisobiga bitta pozitsiya oldinga chiqdik, muhimi o‘zimiz ham birorta xatoga yo‘l qo‘ymadik. Mashina butun Gran-pri davomida relsda bir-tekis yurgan poezddek tuyuldi. Men o‘zimdan mamnunman - maksimal darajada erishishga muvaffaq bo‘ldim, xato qilmadim va jamoa uchun shohsupaga ko‘tarildim. Yigitlarimiz uchun juda xursandman. Formula-1 poygasi shohsupasi bolaligimdan maqsadim edi, ammo bu faqat birinchi qadam, kelajakda bundan ham ko‘prog‘iga umid qilaman", - dedi Xajar Sky Sports efirida.

Eslatib o‘tamiz, poygada "Maklaren" poygachisi Oskar Piastri g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni "Red Bull" poygachisi Maks Verstappen egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!