Gvardiola: "Husanov qaytishga juda yaqin"

  • 24.10.2025 17:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, hamyurtimiz Abduqodir Husanovning jarohatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. 
 
"Menimcha, u qaytishga yaqin, ammo hali tayyor emas. U tanasining juda xavfli qismidan jarohat olgan edi", - deya ta’rif berib o‘tdi manchesterliklar ustozi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Angliya Premer-ligasining 9-turida "Aston Villa" bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv 26 oktyabr kuni soat 19:00’da start olishi rejalashtirilgan. 

Tecno

Abdukodir Khusanov of Manchester City reacts during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD1 match between Manchester City and SSC Napoli...
 
Terma jamoamiz a’zosi Abduqodir Husanov esa "Siti"ning so‘nggi 6 ta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan edi. Endi esa bo‘lajak to‘qnashuvda ham ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Husanov navbatdagi uchrashuvda maydonga tushadimi? Gvardiola javob berdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!