Gagarin kubogi. Sharqiy Konferentsiyada ham finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Qozog‘istonning "Baris" klubi o‘z maydonida Omskning "Avangard"iga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv avvalida 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan mezbonlar mazkur hisobni saqlab qola bilishmadi va yakunda "Avangard" 5:3 hisobida raqibidan ustun keldi. Shu tariqa Bob Xartli boshliq "Avangard" seriyadagi ustunlikni 4:1 ga etkazgan holda final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Ufaning "Salavat Yulaev" klubi esa o‘zining g‘alabali yurishini "Avtomobilist" ustidan ham davom ettirdi. Ekaterinburgda kechgan bellashuv mehmonlarning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Shu tariqa Sharqiy Konferentsiya finalida muxlislar "Avangard" - "Salavat Yulaev" qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishadi.

"Baris" – "Avangard" – 3:5 (1:0, 1:4, 1:1)

Shaybalar: 1:0 – 10 Frettin (Volk, Bochenski)

2:0 – 21 Frettin (Bochenski)

2:1 – 23 Petrov (Shirokov, Telbot)

2:2 – 23 Pivtsakin

2:3 – 35 Bek (Shumakov, Frenson)

2:4 – 36 Shirokov (Bek, Frenson)

2:5 – 44 Chudinov (Frenson, Pivtsakin)

3:5 – 59 Mixaylis (Shevchenko, Sagadeev)

Seriyadagi hisob: 1-4


"Avtomobilist" – "Salavat Yulaev" – 1:4 (0:2, 0:1, 1:1)

Shaybalar: 0:1 – 1 Xartikaynen (Larsen, Panin)

0:2 – 4 Tkachev (Xartikaynen, Larsen)

0:3 – 30 Umark (Kemppainen)

0:4 – 42 Kemppainen (Xartikaynen)

1:4 – 51 Chesalin ()

Seriyadagi hisob: 1-3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!