
“Real” EChLda hech kim qayd etmagan natijaga erishdi
Hozirgina EChL yarim finalidan o‘rin olgan “Real” hamda “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda 2:2 hisobi qayd etildi.
Shu tariqa, “qirollik klubi” ketma-ket uchinchi yildirki, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Umumiy hisobda esa madridliklar turnir EChL deb o‘zgartirilganidan so‘ng 7-marta finalga chiqishdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylanishdi.
Qayd etish joiz, “Milan” va “Yuventus” klublari 6 martadan klublar miqyosidagi eng nufuzli turnir finaliga chiqishgan.
Fikrlar