«Sakramento» jamoasi muxlislari oldida engildi
Milliy basketbol assotsiatsiyasi(NBA) tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqaning navbatdagi bahslarida o‘nta o‘yin o‘tkazildi.
AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan «Golden 1 Center» sport majmuasida o‘tkazilgan «Sakramento» va «Klippers» o‘rtasidagi uchrashuv keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda «Sakramento» jamoasi o‘z muxlislari oldida 95:97 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
«Portlend» professional klubi safarda «Vashington» jamoasi bilan raqobatlashib, yakunda 108:105 hisobida g‘alaba qozondi.
Chempionatning boshqa natijalari bilan tanishing:
«Filadelfiya» – «Orlando» 130:111 (31:28, 39:27, 31:30, 29:26)
«Sharlott» – «San-Antonio» 86:106 (15:14, 14:26, 29:32, 28:34)
«Atlanta» – «Toronto» 78:112 (25:28, 14:39, 19:32, 20:13)
«Xyuston» – «Nyu-York» 117:102 (29:39, 29:22, 37:13, 22:28)
«Indiana» – «Boston» 98:108 (32:27, 22:18, 16:37, 28:26)
«Dallas» – «Oklaxoma-Siti» 97:81 (25:24, 27:13, 26:18, 19:26)
«Golden Steyt» – «Yangi Orlean» 110:95 (17:31, 36:22, 31:22, 26:20)
«Yuta» – «Miluoki» 121:108 (31:30, 33:27, 31:28, 26:23)

Fikrlar