Karolin Voznyatski rus tennischisini xafa qildi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi daniyalik Karolin Voznyatski “St.Petersburg Ladies Trophy – 2018” turniridagi ishtirokini ikkinchi davradan boshladi.
Karolin ilk uchrashuvda rossiyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqdi. Unda daniyalik tennischi bor yo‘g‘i bitta geymni boy berib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Karolin Voznyatski yarim finalga chiqish uchun yana bir rus tennischisi Darya Kasatkina bilan kuch sinashadi.
Fikrlar