
Mariya Sharapova "Rogers Cup"da Darya Kasatkinani ayab o‘tirmadi
Rossiyalik tennischlar Mariya Sharapova hamda Darya Kasatkina Monrealda o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
"Rogers Cup" turnirining mazkur uchrashuvida Mariya tezkor o‘yin namoyish etdi. Bunda o‘yin uslubiga ko‘nika olmagan Darya yakunda 6:0, 6:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Mariya va Dariya bugunga qadar biror marotaba o‘zaro o‘yin o‘tkazmagan.
Endi Sharapova musobaqaning uchinchi davrasida frantsiyalik Karolin Garsiyaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar