
O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari. Kumush delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi
Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Biroz avval qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha -63 kg vazn toifasida bahslar yakuniga etdi. Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 94kg., siltab ko‘tarishda esa 124kg., umumiy hisobda 218kg. natija ko‘rsatdi va oltin medal sohibasiga aylandi
Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida oltinchi medal hisoblanadi. Ularning 2tasi oltin, 2tasi kumush va yana 2tasi bronza medallaridir.
Fikrlar