
Anastasiya Pavlyuchenkova latofatli Arinani dodini berdi
Rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova "Rogers Cup" turnirining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Anastasiya mazkur bosqichda belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan ushbu o‘yinda Nastiya 3:6, 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Toronto shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida Pavlyuchenkova latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar