
Andre Uord: Meyvezerning maslahatlariga zor emasman
Professional boksning WBA Super yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Andre Vord jahonning eng kuchli bokschisi Floyd Meyvezerning maslahatini qabul qilmadi.
- Floyd, qachon noto‘g‘ri maslahat berishga chek qo‘yasan, - dedi Andre Uord. - Sen boksni rivojlantirish va yoshlarga o‘rnak bo‘lishga qodir darajadasan. Lekin hammani "zaharlayapsan". O‘zing faoliyating davomida ayovsiz kurashgan tanqidchilarga o‘xshab qolyapsan. Hurmating bo‘lishi uchun gapingni o‘ylab gapir.
Floyd Meyvezer Andre Uordning murabbiyi Vyordjil Xanter ilgari bokschi bo‘lmagani bois jahon chempioni bilan mashg‘ulot o‘tkazishga loyiq emasligini ta’kidlagan edi. Shuningdek, Floyd Uordga murabbiyni almashtirishni maslahat bergan.
Fikrlar