"Paxtakor" "Qo‘qon-1912"ga imkoniyat qoldirmadi, "Andijon" esa raqamlarda ustunlik qilgan bahsda yutqazdi
Superliganing 2-tur o‘yinlari start oldi. Ilk uchrashuvlarda "Qo‘qon-1912" o‘z uyida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, "Qizilqum" o‘tgan turda yirik hisobda g‘alaba qozongan "Andijon"ni taslim qildi.
"Qo‘qon-1912" — "Paxtakor" 1:2
"Paxtakor" ikkinchi turda ham g‘alaba qozonishni uddaladi. Bu safar jamoa "Qo‘qon-1912"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlar statistikada ustunlik qildi. Masalan, golli imkoniyatlar bo‘yicha "sherlar"da 2.18 xG qayd etilgan bo‘lsa, qo‘qonliklarda bu ko‘rsatkich 0.80 ni tashkil qildi.
To‘p nazorati ham toshkentliklarda bo‘ldi — 56 foiz. Mezbonlarda esa 44 foiz. Paslar aniqligida Kamoliddin Tojiev shogirdlari yaxshiroq harakat qildi — 82 foiz. Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoada esa bu ko‘rsatkich 78 foizni tashkil etdi.
Zarbalar sonida ham "Paxtakor" yetakchi — 16 ta zarba (4 tasi aniq). "Qo‘qon-1912" esa 3 ta zarba yo‘llagan va ularning barchasi aniq bo‘lgan.
"Paxtakor":
Qoidabuzarliklar — 6 ta
Kalit paslar — 12 ta
Burchak zarbalari — 6 ta
Ofsayd — 1 ta
"Qo‘qon-1912":
Qoidabuzarliklar — 9 ta
Kalit paslar — 0 ta
Burchak zarbalari — 1 ta
Ofsayd — 1 ta

"Qizilqum" — "Andijon" 2:1
"Qizilqum" "Andijon"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, mavsumdagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Ammo statistikada "burgutlar" ustunlik qilgani ko‘rindi.
Jumladan, "Andijon"ning kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi 0.53 ni tashkil etgan bo‘lsa, navoiyliklarda bu raqam 0.42 bo‘ldi. To‘p nazoratida ham Samvel Babayan shogirdlari faollroq bo‘lib, 57 foizni o‘z hisobiga yozdirdi (raqibda — 43 foiz).
Zarbalarni ko‘proq yo‘llagan ham andijonliklar — 11 ta, biroq ulardan faqat 2 tasi aniq bo‘ldi. Akmal Rustamov shogirdlari esa 8 ta zarba berib, 2 tasini golga aylantirdi. Realizatsiya — 100 foiz.
"Qizilqum":
Paslar aniqligi — 72 foiz
Qoidabuzarliklar — 17 ta
Kalit paslar — 5 ta
Burchak zarbalari — 0 ta
Ofsayd — 2 ta
"Andijon":
Paslar aniqligi — 79 foiz
Qoidabuzarliklar — 16 ta
Kalit paslar — 7 ta
Burchak zarbalari — 4 ta
Ofsayd — 2 ta


Fikrlar