"Nottingem Forest"ga qarshi zahiradan maydonga tushgan Husonovning o‘yini qanday baholandi?
APLning 29-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" o‘z uyida "Nottingem Forest"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Mazkur uchrashuvda 73-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Abduqodir Husanov bir qator statistik portallar tomonidan baholandi.
Jumladan, SofaScore o‘zbekistonlik himoyachining harakatlariga 6.7 ball qo‘ygan bo‘lsa, FotMob 6.1 ball bilan baholadi. Shuningdek, Flashscore portali ham Husanovning o‘yiniга 6.4 ball berdi.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar” keyingi uchrashuvini Angliya kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar