Bahrom Murtazaliev: "Muhammad Alidek xarakterga ega bokschi bor"

  • 2 dekabr, 2024, 15:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi o‘rta vaznda (69,9 kg) IBF chempioni Bahrom Murtazaliev ukrainalik Aleksandr Usikning saviyasini yuqori baholadi.

Tecno

"Usik hammani qanday mag‘lub etayotganiga tushunmayapman. Tayson Fyuri, Entoni Joshua kabi yirik yigitlar bilan janglarini ko‘ring. Ayniqsa,  Aleksandr va Tayson o‘rtasida hajm jihatidan katta farq bor. Ukrainalik juda kuchli xarakterga ega bokschi. Biz tarixda faqat Muhammad Alidagina bunday xarakterni payqagandik. Usik go‘yo unga o‘xshaydi”, - dedi Murtazaliev Aslanbek Badaevning You Tube dagi kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!