
Barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi kim? Dana Uayt javob berdi
UFC rahbari Dana Uayt promoushenning og‘ir vazndagi chempioni Jon Jons haqida gapirib o‘tdi.
"Menimcha, Jon Jons barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi. U hatto boks afsonalari - Muhammad Ali va Tayson Fyuri bilan ham bemalol jang qila oladi. Jon ayni paytda sayyoramizdagi eng xavfli yigitlardan biri", - dedi UFC prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni o‘tkaziladigan "UFC 309" turnirida Jon Jons (27-1-1 N/C) hamyurti Stipe Miochich(20-4)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar