
Charlz Oliveyra: "Menda g‘alaba uchun etarlicha arsenal bor"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra amerikalik Maykl Chendlerga qarshi bo‘lajak jangi haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, g‘alaba qozonish uchun menda ancha kengroq arsenal bor. Birinchi jangdagi kabi men Chendlerni enga olaman. "UFC 309" da, albatta, qo‘lim yuqori ko‘tariladi. Men hali ham raqibimni nokaut qilib, oktagonni tark eta olaman. Bunga kuchim etishiga ishonaman”, - dedi Oliveyra "AG Fighting" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tmiz, Charlz Oliveyra (34-10-1 N/C) va Maykl Chendler (23-8) jangi 17 noyar kuni AQSh ning Nyu-York shahrida, "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar