
“Chelsi” qadrlamagan o‘yinchini beshta klub so‘rayapti
“Chelsi”ni keyingi paytlarda qaysi murabbiy boshqargan bo‘lsa-da, ulardan birortasi klub tarbiyalanuvchisi Trevo Chalobaga o‘zini ko‘rsatish uchun etarli darajada imkon bergani yo‘q.
“Aristokratlar”ning yangi bosh murabbiyi Entso Mareska ham kelasi mavsumda himoyachi xizmatidan foydalanmoqchi emas.
Shunga qaramay, Angliya Premer-ligasida Chalobaga ish taklif qilayotgan klublar soni tobora ortib bormoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli futbolchini “Nyukasl”, “Manchester Yunayted”, “Vest Xem”, “Fulxem” va “Kristal Pelas” transfer qilishga tayyor.
Chaloba 2015 yildan beri “Chelsi” tizimida yuribdi. Orada Angliyaning “Ipsvich” va “Xaddersfild”, Frantsiyaning “Loryan” klublarida ijarada o‘ynab keldi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar