Ekaterina Aleksandrova San-Xosedagi muxlislari bilan xayrlashdi
Dunyoning 47-raqamli tennischisi rossiyanka Ekaterina Aleksandrova San-Xose shahrida o‘tayotgan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Ekaterina asosiy to‘rning birinchi davrasida gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqib, 1:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Mubadala Silicon Valley Classic" turnirining ikkinchi davrasiga chiqqan Sakkari, endi yaponiyalik Maya Xibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar