Evropaning eng baland reytingli futbolchilari aniqlandi

  • 3 mart, 20:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah Evropaning top-5 ligalaridagi eng yaxshi futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Misrlik futbolchi mavsum davomida 25 ta gol urib, 17 ta golli uzatma amalga oshirdi. Who Scored algoritmlariga ko‘ra, uning umumiy bahosi 7.89 ballni tashkil etdi. Bu natija unga faqatgina 17 yoshli "Barselona" vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirish imkonini bermadi. Uning reytingi 7.96 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Uchinchi pog‘onada "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn joylashgan. Uning natijasi 7.86 ballga teng. Shuningdek, eng yaxshi futbolchilar qatorida PSJ vakili Usmon Dembele, "Arsenal" yulduzi Bukayo Saka va "Barselona" futbolchisi Rafinya ham bor.

Bundan tashqari, "Bayer" klubi etakchisi Florian Virts, "Bavariya"ning iqtidorli yarim himoyachisi Jamal Musiala, "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe ham reytingning yuqori pog‘onalaridan joy oldi. "Bavariya" futbolchisi Maykl Olise esa eng yaxshi o‘nlikni yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
03/03/2025 20:36
Хадемай Хусанов хам шу гурухда булади.