Genri Sekhudo: "Tom Aspinall, kamaringdan voz kech!"
UFC sobiq chempioni Genri Sekhudo og‘ir vaznda amaldagi chempion Tom Aspinallga murojaat qildi.
"Tom kamaridan voz kechib, divizionning oldinga siljishiga imkon berishing kerak. Unvonni bo‘shatib, ko‘zingni tiklab ol, birodar. Qolgan yigitlar jang qilishsin. Josh Hokit va Aleks Perreyra o‘rtasidagi bahs g‘olibi to‘liq titul uchun Siril Gan bilan uchrashsin. Hozir bu uchchalasi o‘rtasida janglar uyushtirishning ayni vaqti, bu esa sening qaytishing uchun ham zamin hozirlaydi", - dedi amerikalik "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 25 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida Siril tasodifan Aspinallning ko‘ziga barmoq bilan zarba berib yuborgach, jang natijasi bekor qilingandi. Shundan buyon Tom oktagonda ko‘rinish bermadi.

Fikrlar