Ivan Boshkovich: Bunaqa "Navbahor"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba - muvaffaqiyat

  • 1 oktabr, 2022, 21:31
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvida "lochinlar" 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "qaldirg‘ochlar" ustozi 

- Juda ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz buni kutgandik.  Raqib juda ham kuchli edi. Ularda yaxshi darajadagi o‘yinchilar bor. Birinchi taymda futbolchimiz jiddiy jarohat oldi. Keyin rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Ushbu natija yosh yigitlarning kuchli xohishi va yurak bilan o‘ynagani tufayli bo‘ldi, deb o‘ylayman. 

- Hakamlik haqida gapirsam, hammamiz so‘nggi paytlarda nimalar bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Hakamlar qo‘mitasi bu kabi muammolarni hal qilishi lozim. O‘zbek futboli rivojlanayotganidan xursandman. Sababi, bu erda ko‘plab talantli futbolchilar mavjud. Hakamlik ham shunga yarasha bo‘lishi lozim. 

- Raqiblarimiz har safar turlicha. Har biriga alohida reja tuzamiz. Bizda ko‘p yosh o‘yinchilar bor. Bugun tarkibimizda o‘rinbosarlar jamoamizdan ko‘plab futbolchilar harakat qildi. Yosh yigitlar bilan shu natijaga erishdik. Bunaqa "Navbahor"ga qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan 3 ochko haqiqiy muvaffaqiyat. Garchi, biz u qadar chiroyli futbol namoyish etmagan bo‘lsak ham. 

Tohirbek To‘xtasinovning jarohati haqida 

- Uning jarohati jiddiy. Menimcha, u uchun mavsum yakuniga etdi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
01/10/2022 22:00
Яшавор Бунёдкор
Baxil Alihuja
02/10/2022 16:06
Футболда уйинни тренер юткизади, галабани эса уйинчилар кулга киритади. Бунёдкорни ёш уйинчилари галаба козонишди, уларни эса хорижлик тажрибали тренер, узимизни кобилиятли тренерлардан кам билмайдиган тренер тайёрлаган эди. Навбахор эса маглуб булди, яхши уйинчилар харакат килгани билан эшак тренер акли етмагани учун улардан фойдалана олмади ва маглуб булди. Бу гал уларга хатто хакамлар хам ёрдам бера олмади.
Baxil Alihuja
02/10/2022 16:01
Бу йил энди кеч булди. Лекин кейинги йили бу тренер билан Бунёдкор жуда катта натижага эришиши мумкин! Бабаянни интеллекти 0-(ноль) эканлигини яккол курсатган уйин бу! Бунёдкордан кура анча тажрибали ва ёши катта уйинчилари билан хам юткизгани Бабаянни хатто майдонда копток олиб келишга хам ярамаслигини курсатади. Мана нима учун охирги Жахон Чемпионати саралашидан шарманда булдик.