"Jervonta Devis - Jeyk Pol" oqshomining anderkardi e’lon qilindi

  • 24.09.2025 21:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

14 noyabr kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan katta boks kechasining anderkardi ma’lum bo‘ldi. Unda 4 ta chempionlik jangi belgilandi.

63,5 kg da WBA chempioni Geri Antuan Rassell (18-1, 17 KO) yapon bokschisi Endi Xiraoki (24-0, 19 KO)ga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.

IBF, WBA va WBO titullari sohibasi Alisiya Baumgardner (16-1, 7 KO) kanadalik Leyla Boduan (13-1, 2 KO) bilan o‘zaro kurash olib boradi.

Britaniyalik Elli Skotni (11-0, 0 KO) va meksikalik Mayelli Flores Roskero (13-1-1, 4 KO) — ikkinchi o‘ta engil vazn toifasida (55,3 kg) mutlaq chempionlik uchun to‘qnash keladi.

Minimal vazn toifasida (47,2 kg) WBC chempioni Yokasta Valle (33-3, 10 KO) amerikalik "Yadira Bustilos (11-1, 2 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!