“Nasaf ” – “Qizilqum”: Navoiyliklar Qarshida faqat bir marta g‘alaba qozonishgan

  • 8 may, 2019, 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 10 may kuni Coca-cola Superligasi 8-turiga start beriladi. “Nasaf” shu kuni o‘z maydonida Navoiying “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 40 bor kuch sinashishgan. Natijalar "ajdarlar"ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 24 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Qizilqum” g‘alabaga erishgan. 9 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati 74:43ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “ Qizilqum ” 7:1, “Qizilqum” – “Nasaf” 3:1.

Jamoalarning so‘nggi o‘zaro uchrashuvi 2018 yil 10 noyabrda Navoiyda o‘tkazilgan. Bu uchrashuv 2:0 hisobida yakunlangan.

Qarshidagi o‘zaro bahslarga oid


Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 20 bor kuch sinashishgan. 16 uchrashuvda  "Nasaf" g‘alaba qozongan. Bir marotaba navoiyliklar Qarshida g‘alaba qozonishgan. Qolgan uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 65ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 49:16.

E’tiboringizga, Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

02.10.2018

Nasaf

Qizilqum

4:2

13.07.2018

Nasaf

Qizilqum

0:0

30.09.2017

Nasaf

Qizilqum

2:0

08.05.2016

Nasaf

Qizilqum

2:0

16.04.2015

Nasaf

Qizilqum

3:1

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi 10 may juma kuni Qarshi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:50da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!