
Rafael Nadal yilni birinchi pog‘onada yakunlaydi
London shahrida o‘tayotgan Yakuniy turnirning guruh bosqichida qayd etilgan so‘nggi natijalarga ko‘ra, serbiylik Novak Jokovich dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo‘la olmaydi.
Shu tariqa ATR reytingining birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal bu yili mavsumni birinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
Rafael shu tariqa faoliyatida beshinchi marta yilni birinchi o‘rinda yakunlamoqda. Ispaniyalik tennis yulduz bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rojer Federer va Novak Jokovichga etib oldi.
Fikrlar