"Real"da "El-Klassiko" oldidan ichki nizo paydo bo‘ldi
Madridning “Real” klubida “Barselona”ga qarshi “El-Klassiko” oldidan ichki muhit keskinlashmoqda.
"Don Balon" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, jamoaning etakchisiga aylangan Kilian Mbappe bosh murabbiy Xabi Alonsoga tarkib borasida o‘z fikrlarini bildirgan. Hujumchi Rodrigoni asosiy tarkibda o‘ynatmaslikni murabbiydan so‘ragan, chunki u hozirgi kunda yaxshi sport formada emasligini va bunday darajadagi o‘yinda o‘zini namoyon eta olmasligini ta’kidlagan.
Mbappe bundan tashqari Rodrigo o‘rniga Vinisius Junior yoki yosh Franko Mastantuononi maydonga tushirishni taklif qilgan. Frantsuz futbolchisi Vinisius bilan munosabatlari murakkab bo‘lishiga qaramay, uni kataloniyaliklar himoyasi uchun xavfliroq deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, qirollik klubida Kilianning so‘zi jiddiy ahamiyatga ega. U jamoaning eng yaxshi to‘purari va bu mavsumda bir necha bor klubni qutqargan. Biroq Alonso qarorlariga yulduzlar ta’sir ko‘rsatishini istamaydi va tarkibni faqat taktik va jismoniy holatga qarab tanlash niyatida. Buning natijasida “El-Klassiko” oldidan “Real”dagi muhit taranglashgan.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv 26 oktyabr kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar