Stipe Miochich: "Mening sayohatim mahalliy bouling maydonchalarida boshlanib, "Madison Square Garden" da yakunlandi"

  • 19 noyabr, 2024, 15:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn(120 kg)da sobiq UFC chempioni, amerikalik Stipe Miochich faoliyatini tugatgani haqida yana bir bor gapirib o‘tdi.

Tecno

“Umid qilamanki, Jon Jons bilan jangimiz barchaga yoqdi. To‘g‘ri, g‘alaba qozona olmaganimdan afsusdaman, lekin bu sport, unda har doim ham yuta olmaysiz.  Muhimi, men aql bovar qilmaydigan yo‘lni bosib o‘tdim! Bu sayohatni mahalliy bouling maydonchalarida boshladim va "Madison Square Garden" da yakunladim. 

Turmush o‘rtog‘im mening orzum deb ko‘p narsasini qurbon qildi, bu uchun unga alohida rahmat. Men uni yaxshi ko‘raman. Shu o‘rinda farzandlarimga ham bir gapim bor. Men qilgan ishlarim ikkingiz uchun bo‘ldi. Onam, bilaman, MMA men uchun tanlagan kasbingiz emas. Lekin siz birinchi kundanoq doim yonimda bo‘ldingiz. Nihoyat, muxlislar, sizlar bu sportning yuragisiz", - dedi Stipe Miochich.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 309" turnirida Stipe Miochich  3-raundda Jon Jonsdan texnik nokautga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!