
1 kishi kam bo‘lib qolgan "Torpedo" "Nijniy Novgorod"dan ochko oldi, legionerlarimizda nima gap?
Rossiya Premer ligasi 12-turi doirasidagi "Torpedo" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mezbonlar safida Hojimat Erkinov o‘yinni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yubordi, mehmonlar tarkibida Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 75-daqiqada Ravil Netfullin qizil kartochka olgandi.
Ushbu durang natijasida so‘nggi o‘rindagi moskvaliklar ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi. 10-pog‘onadagi "Nijniy Novgorod" 13 ochko jamg‘argan.
Fikrlar