12 daqiqa o‘ynab, bitta gol urgan Shomurodovga taniqli portla necha ball qo‘ydi

  • 19 dekabr, 2024, 15:17
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya kubogining nimchorak finalida "Roma" o‘z maydonida "Sampdoriya"ni qabul qildi. 

Uchrashuvda Dovbik dubl qilgan bo‘lsa, Baldantsi hisobni yiriklashtirdi. Shomurodov 78-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, bir daqiqadan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ushbu g‘alabadan keyin "Roma" chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi raqib "Milan" klubi. 

Mazkur bellashuvda legionerimiz "SofaScore" portali talqiniga ko‘ra, 7.4 ballga loyiq ko‘rildi. U o‘yin davomida jami 6 marotaba to‘pga tekkan, 3 ta aniq pas bergan va bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
19/12/2024 20:06
Кўз тегмасин бардавом бўлсин!