18 yoshli futbolchi beixtiyor qotilga aylandi

  • 4 iyul, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Renn” klubining nomi sir tutilayotgan 18 yoshli  futbolchisi elektrosamokatda 51 yoshli ayolni urib yubordi. 18 iyun kuni yuz bergan ushbu noxush to‘qnashuvda jabrlangan ayolga tezkor yordam ko‘rsatilganiga qaramay, u bir necha kundan keyin vafot etdi.

RMC Sports nashrining yozishicha, voqea yuz bergan paytda samokatda ikki kishi bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi hali voyaga etmagan va u ham “Renn” jamoasida futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan o‘spirin bo‘lgan.

Politsiya voqea aybdorlarini alkogol va giyohvandlik tekshiruvidan o‘tkazdi va ularda mastlik alomatlari va mast qiluvchi moddalar izlari topilmagan.

Ayni paytda samokatni boshqargan 18 yoshli futbolchi ehtiyotsizlik tufayli o‘limga olib kelgan holat bo‘yicha qamoqqa olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!