“Chelsi” Diego Kostaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa forvardi Diego Kosta bilan tezroq yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Daily Mirror nashrining xabar berishicha, yaqin kunlar ichida tomonlar o‘zaro muzokaralarni boshlashadi. Yangi shartnoma bandlari haqida hali xabarlar oshkor etilmayapti. Lekin, shunisi aniqki, ispaniyalik futbolchi yil so‘nggiga qadar yangi shartnomaga imzo chekadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kosta to‘p surgan Madridning “Atletiko” jamoasi o‘zining sobiq futbolchisini yana ortga qaytarish borasida “Chelsi”ga taklif bildirayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar