18 yoshli grossmeyster Ispaniyadagi turnirida g‘olib chiqdi

  • 24 aprel, 18:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Rapid yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempioni, rossiyalik 18 yoshli grossmeyster Volodar Murzin Ispaniyada shaxmat bo‘yicha "Open Semana Santa" turnirida g‘olib chiqdi. Musobaqaning to‘qqiz bosqichi yakunlariga ko‘ra, Murzin 7,5 ball to‘pladi. Yana uchta shaxmatchi ham xuddi shunday natijani qayd etishdi, biroq rossiyalik qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ulardan ustun keldi.

Tecno

Murzin so‘nggi turda xitoylik grossmeyster Lu Shangley bilan durang o‘ynadi.

Volodar Murzin (Rossiya) – 7,5 ball.
Lu Shanley (Xitoy) – 7,5 ball.
Vasiliy Ivanchuk (Ukraina) – 7,5 ball.
Panayappan Sethuraman (Hindiston) – 7,5 ball.
Mark Smirnov (Qozog‘iston) – 7.
Savva Vetoxin (Rossiya, 15 yosh) – 7.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa reglamentiga ko‘ra, shaxmatchilar shveytsariya tizimi bo‘yicha to‘qqiz tur o‘ynagan. Vaqtni boshqarish har bir harakat uchun 90 daqiqa va 30 soniya etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!