
2 nafar futbolchimiz to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" bugun peshqadam maydoniga safar qiladi
Bugun BAA chempionati 19-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda peshqadam "Al-Jazira" 5-pog‘onani egallab turgan "Shabab Al-Ahli"ni qabul qiladi.
3 nafar hamyurtimiz mehmonlar sharafini himoya qiladi. Aziz G‘aniev va Jaloliddin Masharipov ortidan Odil Hamrobekov ham dubayliklar safini to‘ldirdi. Ushbu bellashuvni G‘aniev jarohat sabab o‘tkazib yuborsa, Masharipov maydonga tushishi mumkin. Hamrobekov haqida hali ma’lumot berilmagan. Biroq vakilimiz allaqachon jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
"Al-Jazira" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar