
2 ta gol "Arsenal"ga 27 mln evroga tushdi
Braziliyalik himoyachi David Luizning bir yillik faoliyati "Arsenal"ga 27 million evroga tushdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “kanonirlar” Luizni “Chelsi”dan 9 mln evroga sotib olishgan. Bundan tashqari futbolchining agentiga 7 mln evro to‘lagan. Yana 11 millionni esa futbolchining o‘zi maosh sifatida olgan.
Londonliklar joriy yozda shartnomasi tugaydigan Luizga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi emas.
33 yoshli David Luiz “Arsenal” safida joriy mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U faoliyati davomida "Vitoriya", "Benfika", "Chelsi" va PSJ klublarida to‘p surgan.
Fikrlar