
2 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda "Siti" irodali g‘alabaga erishdi
Angliya Premer-ligasi 32-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Manchester Siti" bahsi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Birinchi daqiqada Jon MakGin Uotkinsning uzatmasini golga aylantirdi. Taym so‘ngigacha Bernardu Silvaning ikkita pasi ketidan Foden va Rodri muvozanatni "shaharliklar" tarafiga og‘dirdi.
G‘alaba orqali "Siti" ochoklari sonini 77 taga etkazib oldi va chempionlikka yanada yaqinlashdi. "Aston Villa" esa 11-o‘rinda hisobidagi 44 ochko bilan qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar