
20 yoshli futbolchi “Siti”ning mashhur yulduzini jamoadan chiqarib yubordi
“Manchester Siti” klubi qishki transferlar vaqtida 34 yoshli Kayl Uokerni keyinchalik sotib olish huquqi bilan “Milan”ga ijaraga yuborgan edi.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, milanliklar tajribali qanot himoyachisini transfer qilish fikridan qaytdi. “Milan”da Uokerni besh million evroga to‘liq o‘z safiga qo‘shib olish huquqi bor edi.
Manbaga ko‘ra, “Milan”ning Uokerdan yuz o‘girishiga 20 yoshli himoyachi Alexandro Ximenes sabab bo‘lgan. Bu futbolchi favqulodda ishonchli o‘ynay boshlagani jamoaning qanot himoyasidagi muammolarini to‘liq yopdi.
Bundan tashqari, Kayl Uokerning qo‘lidan olgan jarohati ham unga o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish qilish imkonini bermadi.
“Milan” safida 15 ta uchrashuvda qatnashgan Kayl Uoker 30 iyundan keyin erkin agentga aylanadi va o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi. “Manchester Siti” ham sobiq sardorini ortga qaytarmaydi.
Fikrlar