
2018-19-yilgi Chempionlar Ligasi sovrini kimga nasib qiladi?
“The Chaaaaaampiiioooonnnnnssss!!”
Siz ushbu musiqani eshitganingizda Chempionlar Ligasi nihoyat qaytganini his qilasiz. Evropaning klublar o‘rtasidagi birinchi turniri yangi mavsumni boshlashga shay turibdi. Sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari katta kumush sovrinni o‘z uyiga olib ketish uchun kurashga kirishadi.
“Real Madrid” qatorasiga to‘rtinchi bor ushbu sovringa ega chiqadimi? O‘tgan asrning 50- yillarida erishgan natijasini takrorlay oladimi? Yoki Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishi kuchlar muvozanatiga ta’sir qiladimi? Yoki ikki yil oldin Mbappe qilgan ishni boshqa yosh yulduzcha bajaradimi?
Squawka nashri Chempionlar Ligasining yangi mavsumiga oid muhim savollarga o‘z tahlillari bilan javob qidirib ko‘rdi.
Chempionlar Ligasi bosh sovrinini kim yutadi?
“Barselona” (7 ovoz): “Bu yil o‘ylashimcha Chempionlar Ligasini vaqti keldi.” – dedi Leo Messi yozda bergan intervyusida. Dunyoning eng zo‘ri aniq maqsadni qo‘ygan. Boz ustiga Koutino va Usmon Dembele Messi, Buskets, Alba va boshqalarga munosib tarzda o‘z yordamlarini berishi kutilmoqda. “Barsa” sovrinni yana yutish uchun olovli kuchga ega. – Muhammad Batt, bosh muharrir
“Yuventus” (5 ovoz): “Yuventus” Chempionlar Ligasining so‘nggi to‘rt mavsumidan beri faqat kuchli to‘rtlikka o‘rnashib kelmoqda. Finaldagi mag‘lubiyatlar, muvaffaqiyatli klublarga qarshi omadsiz ishtirok tufayli ularni bir bosh tepaga olib chiqadigan etakchiga ehtiyoj sezayotgandi. Endi UEFA Krishtianu Ligasi Turinga keldi! – Jeyk Entuistl, muharrir yordamchisi
“Manchester Siti” (4 ovoz): Gvardiola va uning jamoasini o‘tgan mavsumda “Liverpul” tomonidan chiqarib yuborilgani ichini “tirnab kelayotgan” bo‘lsa ajabmas. Pep yutqazishni yoqtirmaydi, Chempionlar Ligasini esa 2011-yildan beri yuta olmay kelmoqda. Qit’adagi so‘nggi muvaffaqiyatiga ham uzoq vaqt to‘ldi. “Manchester Siti” buni bu safar osonlikcha bajarish uchun etarlicha kuchli tarkibga ega. – Kris Smit, jurnalist
“Mavsum kashfiyotlari” kim bo‘lishi mumkin?
“Borussiya Dortmund” (uch ovoz): Dortmundliklar klubni va futbolchilarni oldinga etaklay oladigan tajribali Lyusen Favrni olib keldi. “Borussiya D” guruh bosqichida kam muammolarga duch kelishi aniq. Ulardan bu bosqichda har qanday qahramonlikni kutishimiz mumkin. – Din Smit, muharrir
“Lion” (3 ovoz): Ushbu yozda Nabil Fekirni o‘zida ushlab qolish “Lion” uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U bilan bir qatorda Memfis Depay, Bertran Traore va yangi vakil Mussa Dembele “Lion” jamoasining kuchini orttirgani aniq. Ular o‘tgan mavsumni Evropa Ligasida o‘tkazib, safarda urilgan gollar hisobiga Moskvaning “TsSKA” klubiga yutqazgan edi.
“Manchester Yunayted” (3 ovoz): Muxlislik qilsangiz yoki qilmasangiz ham Joze Mourino jamoasini hisobdan chiqarib tashlay olmaysiz. Lukaku yangi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun hujum chizig‘ida etakchilik qilishga to‘liq shay turibdi. – Tomas Runi, jurnalist
Eng omadsiz klub qaysi biri bo‘ladi?
“Tottenxem” (4 ovoz): ularning “o‘lim guruhi”ga tushib qolgani va yozda klubni kuchaytirish uchun birorta transfer qilinmagani o‘z so‘zini aytishi mumkin. Shu sababli “Uayt Xart Leyn” egalari nufuzli turnirning ushbu mavsumida omadsizlikka uchrash uchun asosiy da’vogarlardan. – Vedran Ostoyich, jurnalist
“Bavariya” (3 ovoz): Niko Kovachning yoshi o‘tgan tarkibi 2010-yildan beri birinchi marta musobaqani chorak finaldan oldin tugatishi mumkin. Ushbu holat “Bavariya”ning o‘sishini ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yishi mumkin. – Sem Long, jurnalist
“Napoli” (3 ovoz): “Napoli” ushbu mavsumda A Seriyada gollarni osonlik bilan o‘tkazib yubormoqda. Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Liverpul”, “PSJ” va “Tsrvena Zvezda” bilan birga joy olgan neapolliklar uchun mavsum qattiq kechishi aniq. Hatto ularning boshida Chempionlar Ligasi bo‘yicha “ekspert”i Karlo Anchelotti turgan bo‘lsa ham. – Jeyms Richards, jurnalist
“Manchester Yunayted” (uch ovoz): “Manchester Yunayted” iqtidorlarga to‘la tarkibi bor ammo ularning guruhida ikki grand jamoalar borligi sabab past natija qayd etishi mumkin. Ushbu vaziyatda so‘nggi gap albatta murabbiyda bo‘ladi. Biroq Mourino bilan muammolar sabab jamoa o‘yini pasayib ketishi mumkin. – Muhammad Batt, bosh muharrir
“Inter” (2 ovoz): yozda bir qator muhim transferlarni amalga oshirganiga qaramay, Milanning “Inter” tarkibi shakllanishi uzoq vaqt talab qiladi. Ayniqsa, ularning guruhdagi raqiblarini e’tiborga olsak, oson bo‘lmasligi aniq. – Tom Grin, ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha mutaxassis
Fikrlar